AsosiyJamiyat

Qorasaroyda noma`lum shaxs avtomobiliga 5 yoshli bolani o`tqazmoqchi bo`lgani haqidagi ovozli xabar yolg`on bo`lib chiqdi

'Qorasaroyda noma`lum shaxs avtomobiliga 5 yoshli bolani o`tqazmoqchi bo`lgani haqidagi ovozli xabar yolg`on bo`lib chiqdi'ning rasmi

Internetda "Qorasaroy" turar-joy majmuasi yaqinida noma`lum shaxs avtomobiliga 5 yoshli bolani o`tqazmoqchi bo`lgani haqida ovozli xabar tarqaldi. 

Toshkent shahar IIB ning xabariga ko`ra, ushbu ma`lumot tekshirilganida yolg`onligi ayon bo`lgan. Qayd etilishicha, Toshkent shahri hududida bola o`g`riligi bilan bog`liq fakt aniqlanmagan.

Shu o`rinda IIB fuqarolardan ehtiyot bo`lishni so`ramoqda.

"Hurmatli fuqarolar! Ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda, internet-maydonda har soniyada turli xil xabarlar tarqaydi. Ehtiyot bo`lish zarurligi haqida ogohlantirishlar hech qachon ortiqcha bo`lmaydi. Farzandlaringizga shirinlik taklif qilib, notanish podezdga, uyga kirish, begona avtomobilga minishga chorlovchi begonalardan ehtiyot bo`lishni o`rgating.

Ammo tekshirilmagan ma`lumotni tarqatish to`g`ri emasligini ham unutmaslik darkor.

Eslatib o`tamiz, bu kabi ishlar uchun O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 202-2 moddasida ("Yolg`on axborot tarqatish") va O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-6 moddasida ("Yolg`on axborot tarqatish") javobgarlik ko`zda tutilgan",–deydi IIB o`z xabarida.

Boshqa yangiliklar