AsosiyJamiyat

Qish mavsumi uchun ko`mir olish tartibi qanday? Mutasaddi javob berdi

'Qish mavsumi uchun ko`mir olish tartibi qanday? Mutasaddi javob berdi'ning rasmi

"Qish mavsumiga ko`mir olmoqchiman. Qaerga uchrashib, qanday tartibda ko`mir olishim mumkin?"

Aholidan kelgan shu kabi savollarga "Ko`mir ta`minot" MChJ Qashqadaryo viloyati filiali direktori Roman Boboyorov javob berdi:

"Aholiga arzonlashtirilgan mahalliy ko`mir tarqatish tartibi quyidagicha: kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida dastlab joylarda mahalla raislari tomonidan aholining ko`mirga ehtiyojmand qismi aniqlanib, uning reestri tuziladi. Ushbu restr mahalliy hokimlik orqali  yuqori tashkilotlar − viloyat hokimi o`rinbosari, mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`i tomonidan tasdiqlanadi.  

Mazkur tasdiqlangan ro`yxat tashkilotimizga qarashli bo`lgan omborlarga yuboriladi va davlat tomonidan ajratilgan ko`mir yoqilg`isi ana shu ro`yxat bo`yicha tarqatiladi. Ko`mir harid qiluvchi fuqaro ko`mir omboriga murojaat qilganida, yonida albatta, shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport asli va kseronushasi) bo`lishi kerak. Shuningdek, ko`mirni olib ketish uchun tashqaridan yuk avtomashinasi yollaydi. Ko`mir ombori ma`muriyati tomonidan haridorlarga avtotransport xizmati mavjud emas.  

Ko`mir oluvchilar ro`yxatiga tushmay qolgan xonadon egalari (fuqarolar) ular o`zlari yashab turgan hududdagi mahalla raisining huzuriga boradi. Bunda fuqaroning haqiqatda ko`mirga ehtiyoji borligi aniqlansa, mahalla raisi oldin bergan ro`yxat bo`yicha shakllantirilgan ko`mir yoqilg`isi umumiy hajminini o`zgartirmagan holda uni qo`shadi yoki ko`mir oluvchilar uchun yangi ro`yxat shakllantirib biriktirilgan ko`mir omboriga taqdim etadi" ,–deydi Roman Boboyorov.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar