Bugun, 29 sentyabr kuni soat 17:55da Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Galabek” MFY Galabek ko`chasida joylashgan xonadonning molxonasida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida tuman FV bo`limiga xabar kelib tushgan.
Qisqa vaqt ichida 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 18:05da etib borib, yong`in soat 18:15da qurshab olingan va soat 18:30 da batamom o`chirilgan. Yong`in oqibatida molxonaning 80 kv.m. maydonda tom qismi va ichidagi somon em xashaklari yonib zararlangan, Yong`indan imoratlarining 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan, uy xayvonlariga zarar etmagan.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yuqoridagi kabi ko`ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so`rab qoladi.






