AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda "Damas" yonib ketdi (video)

'Qashqadaryoda "Damas" yonib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Qashqadaryoda "Damas" avtomobili yonib ketganligi bo`yicha YHXBB quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi.

29 sentyabr kuni soat 22:45 larda, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani hududida haydovchi, 1999 yilda tug`ilgan O.Q. "Damas" rusumli avtomobilda harakatlanib ketayotgan vaqtda transport vositasida qisqa tutashuv va uning ortidan yong`in yuzaga kelgan.

Haydovchi to`xtagan va o`zi zudlik bilan avtomobildan tushgan.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan o`chirilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar