AsosiyJamiyat

Toshkent xalqaro kinofestivaliga Hindiston delegasiyasi tashrif buyurdi

'Toshkent xalqaro kinofestivaliga Hindiston delegasiyasi tashrif buyurdi'ning rasmi

Kuni kecha “Ipak yo`li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivaliga Hindiston delegasiyasi tashrif buyurdi. Bu haqda Kinemotografiya agentiligi xabar berdi.

Shuningdek, poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda hind mehmonlari ishtirokida maxsus shou-konsert tashkil etilgan.  

Sahnaga Hindiston delegasiyasida yurtimizga tashrif buyurgan Mithun Chakraborti, Bomani Irani, Kunal Kapur, Navab Shoh, Randhir Kapur va boshqa kinoyulduzlar chiqib o`z taassurotlarini o`rtoqlashishdi.  

Agentlikning bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda hind aktyori Randhir Kapur boshchiligida afsonaviy hind kinoyulduzi Raj Kapurning byusti olib chiqildi. Mazkur byust Kapurlar sulolasining o`zbek xalqiga hurmati ramzi sifatida taqdim etildi.  

Boshqa yangiliklar