1

Yarashish taklifiga rad javobini olgan kattaqo`rg`onlik fuqaro turmush o`rtog`i va qaynakasini pichoqlab, o`limiga sabab bo`ldi

Jinoyat 30.09.2021, 13:05
Yarashish taklifiga rad javobini olgan kattaqo`rg`onlik fuqaro turmush o`rtog`i va qaynakasini pichoqlab, o`limiga sabab bo`ldi

Yarashish taklifiga rad javobini olgan kattaqo`rg`onlik fuqaro turmush o`rtog`i va qaynakasini pichoqlab, o`limiga sabab bo`ldi.

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Farrux Toshpulatov "Darakchi"ga xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, fuqarolik ishlari bo`yicha Kattaqo`rg`on tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan qarzdor A.B. qaramog`idagi ikki nafar farzandini turmush o`rtog`i Z.B. tarbiyasiga olib berishi belgilangan.

Ijro hujjati bo`yicha javobgar hisoblangan A.B. 28 sentyabr kuni davlat ijrochisi F.B.ga bir necha marotaba qo`ng`iroq qilib, bolalarni turmush o`rtog`i da`vogar Z.B. ga ixtiyoriy ravishda topshirishini va u bilan yarashishga qaror qilganini bildirib, xonadoniga davlat ijrochilari hamda turmush o`rtog`ini taklif etadi.

Manzilga davlat ijrochilari hamda Z.B. ham etib kelgach, qarzdor A.B. u bilan birga yashashni taklif qilgan, lekin Z.B. bu taklifni rad etadi.

Shunda, A.B. janjal ko`tarib, xonadonidan oshxona pichog`ini olib chiqib, Z.B. ni chap son va o`ng qovurg`a sohalariga tan jarohati etkazgan.

Keyin esa, A.B. janjal vaqtida, tinchlantirishga harakat qilgan fuqaro Z.B. ning akasi T.N. ni ham oshxona pichog`i bilan qorin, qovurg`a, elka, kaft va ko`krak sohalariga sanchib jarohat etkazgan.

Natijada Z.B. va T.N. lar Kattaqo`rg`on shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilib, ularga tez tibbiy yordam ko`rsatilishiga qaramasdan, T.N. olgan og`ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo`rg`on shahar prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi va 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, A.B. gumonlanuvchi tariqasida ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1