"O`zgidromet"ning xabar qilishicha, oktyabr oyi haroratning pasayishi bilan boshlanadi.
Qayd etilishicha, bayram va dam olish kunlari O`zbekiston hududiga Rossiya Evropa qismining (Moskva viloyati) Markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nisbatan nam havo massalari ta`sir etadi.
1-2 oktyabr kunlari sovuq atmosfera fronti o`tishi bilan respublikaning ayrim hududlarida jadalligi asosan biroz bo`lgan yomg`ir yog`adi. 3 oktyabr kuni beqarorlik faqat Farg`ona vodiysi hududlarida saqlanib turadi, ushbu hududlardagi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin.
"2-3 oktyabr kunlari tog`li hududlarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin, baland tog`larda yomg`ir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas.
1-2 oktyabrda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
1-3 oktabrda havo harorati asta-sekin kechalari 3-8° iliqgacha, kunduz kunlari 12-17° iliqgacha, shimolda kechalari 0-5° iliqgacha, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi",–deyiladi xabarda






