AsosiyJamiyat

Shaxrixon tumanidagi savdo markazida katta yong`in sodir bo`ldi (video)

'Shaxrixon tumanidagi savdo markazida katta yong`in sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Bugun, 30 sentyabr kuni soat 15:34 da Andijon viloyati Shaxrixon tumanida joylashgan ikki qavatli “Super market”ning erto`lasida yong`in ro`y berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Xabarga ko`ra, voqea joyiga 9 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 15:40 da etib borib, yong`in soat 16:17 da o`rab olingan va soat 16:29 da o`chirilgan.  

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q.  

Hozirda yong`inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar