AsosiyJamiyat

Koronavirus va pnevmoniya: O`zbekistonda yana 600 nafarga yaqin odam kasallandi, 4 bemor vafot etdi

'Koronavirus va pnevmoniya: O`zbekistonda yana 600 nafarga yaqin odam kasallandi, 4 bemor vafot etdi'ning rasmi

Kecha yurtimizda yana 500 nafardan ziyod kishida koronavirus aniqlandi, kasallikdan 3 nafar bemor vafot etdi, deya xabar bermoqda SSV Axborot xizmati. 

2021 yil 30 sentyabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 174408 (+513) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

-20 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,

-14 nafari Andijon viloyatida,

-12 nafari Buxoro viloyatida,

-10 nafari Jizzax viloyatida,

-7 nafari Qashqadaryo viloyatida,

-4 nafari Navoiy viloyatida,

-13 nafari Namangan viloyatida,

-37 nafari Samarqand viloyatida,

-15 nafari Sirdaryo viloyatida,

-8 nafari Surxondaryo viloyatida,

-31 nafari Farg`ona viloyatida,

-15 nafari Xorazm viloyatida,

-104 nafari Toshkent viloyatida,

-223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog`ayganlar jami 169371 (+496) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1242 nafarni tashkil qildi.

Bundan tashqari, 2021 yil 30 sentyabr kuni 69 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 27217 nafarga etdi. Kecha ularning 42 nafari sog`ayib, umumiy sog`ayganlar soni 25458 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 232 nafarga etdi.

 

    Boshqa yangiliklar