AsosiyJinoyat

Facebook'da prezident Shavkat Mirziyoev nomidan soxta akkaunt ochib, "ish qilgan" fuqaroga sud hukmi o`qildi

'Facebook'da prezident Shavkat Mirziyoev nomidan soxta akkaunt ochib, "ish qilgan" fuqaroga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

 Facebook'da prezident Shavkat Mirziyoev nomidan soxta akkaunt ochib, fuqarolarni chuv tushirgan shaxsga sud hukmi o`qildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, surxondaryolik shaxs Facebook’da Shavkat Mirziyoev nomi bilan soxta akkaunt ochib, o`zini prezident administrasiyasi rahbariman deya tanishtiradi.  

U fuqarolarni aldab ularga kredit, uy-joy ajratib berishni va`da qiladi. Buning uchun 50 ming so`mdan 1,5 mln so`mgacha pulni plastik kartasiga tashlattirib olgan.  

Sud firibgarni uch yilga ozodlikdan mahrum etib, 3 yil internetdan foydalanish huquqini cheklagan.

    Boshqa yangiliklar