AsosiyJamiyat

O`zbekiston Evropaga chorva hayvonlari ichak mahsulotlari eksporti uchun avtorizasiyadan o`tdi

'O`zbekiston Evropaga chorva hayvonlari ichak mahsulotlari eksporti uchun avtorizasiyadan o`tdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi va Evropa Ittifoqi Komissiyasi Sog`liqni saqlash va oziq-ovqat xavfsizligi bosh direktorati bilan do`stona hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib bormoqda.  

Jumladan, Evropa Ittifoqi Komissiyasi tomonidan, chorva hayvonlari ichak mahsulotlari eksporti uchun taqdim etilgan so`rovnomalar tegishli tartibda to`ldirilib, baholash uchun yuborildi. O`tgan vaqt davomida Evropa Ittifoqi tomoni mas`ul vakillari tomonidan berilgan ma`lumotlar asosida va videokonferensaloqa uchrashuvlarida O`zbekiston davlat veterinariya xizmati auditi o`tkazildi.  

Natijada, Evropa Ittifoqining 2021 yil 29 sentyabrda e`lon qilingan 2021/1727 sonli reglamentida ushbu audit natijalari e`lon qilindi va O`zbekiston muvaffaqqiyatli tarzda Evropa Ittifoqining 27 ta a`zo davlatlariga ichak maxsulotlari eksporti uchun avtorizasiyadan o`tgani ma`lum qilindi.

Boshqa yangiliklar