AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva birinchi ustozini esga oldi

'Saida Mirziyoeva birinchi ustozini esga oldi'ning rasmi

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva o`zining birinchi ustozi haqida gapirdi: 

Mening birinchi Ustozim tug`ilishim bilanoq meni qo`llariga olganlar. Buvijonim, rus tili va adabiyoti o`qituvchisi, ilk nevaralari, jajji o`quvchilari, ya`ni men tug`ilganimda atigi 38 yoshda edilar. Ularning yosh, go`zal, shijoatga to`la qiyofalari, cheksiz mehr ila menga bergan ilk saboqlari doim ko`z oldimda.

Ular menga eng oddiy va eng muhim narsani — Inson bo`lishni o`rgatadilar. Qalbimni shukronalikka to`ldirib, baxtiyor bo`lishni o`rgatadilar.

Bebaho saboqlaringiz uchun minnatdorman, aziz Buvijonim. O`zingiz kabi mehribon bo`lishni, ilmga intilishni, oq va qorani ajratishni o`rgatganingiz uchun rahmat. Sizni yaxshi ko`raman!

Barcha Ustoz va Murabbiylarga bayram muborak bo`lsin. Yurtimiz ravnaqi uchun bajarayotgan eng mashaqqatli va muhim mehnatingizdan minnatdorman.

Yangi avlodning porloq kelajagi yo`lida  qo`llaringiz ham, qalblaringiz ham aslo tolmasin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar