AsosiyJamiyat

Namanganda bayram kuni paxta terishga chiqqan o`qituvchilar haqida xabar tarqatgan fermer yolg`onchi bo`lib chiqdi

'Namanganda bayram kuni paxta terishga chiqqan o`qituvchilar haqida xabar tarqatgan fermer yolg`onchi bo`lib chiqdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 1 oktyabr - "O`qituvchi va murabbiylar kuni" Norin tumanidagi 25-maktab o`qituvchilari paxta yig`im-terimiga jalb qilingani yuzasidan videolavha yoritildi.

 Ma`lum qilinishicha, mazkur holat viloyat xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan o`rganilgan.

 O`rganishda aniqlanishicha, fuqaro Abdulaziz Eshonto`raev feysbukdagi sahifasiga paxta terimiga chiqqan o`qituvchilar haqidagi videolavhani piar qilish maqsadida xazil tariqasida joylagani, aslida u erda birorta ham o`qituvchi yo`qligi, paxta madonida esa fermer xo`jaligi  a`zolari paxta terimida ishtirok etishgani aniqlangan. 

Bu holat bo`yicha muallif yolg`on gapirgani uchun barchadan uzr so`ragan.

 Maktab o`qituvchilari paxta terimiga jalb etilmagani, pedagog-xodimlarni majburiy mehnatning har qanday ko`rinishiga jalb qilmaslik viloyat xalq ta`limi boshqarmasining doimiy e`tiborida ekanligi ma`lum qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar