Joriy yilning 02 oktyabr kuni soat 00-13 da Namangan tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limini 101 qisqa raqamiga Namangan tumani “Qurama” mahalla fuqarolar yig`ini Qorasuv ko`chasi 2 uyda joylashgan “Zamin Metal Sanoat” Ma`suliyati cheklangan jamiyatga qarashlik 1-AGTKSh (avtomabillarga gaz to`ldirish kompressor shaxobchasi)da yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushgan.
Namangan tuman va Namangan shahar Favqulodda vaziyatlar bo`limlari pudlik bilan voqea joyiga soat 00-25 da etib borgan hamda yong`in soat 00-27da qurshab olingan.
Yong`in natijasida shaxobchani birinchi gaz quyish uskunasi va shift qismida 40 kv.metr joyi yonib zararlangan.
Sodir bo`lgan yong`inni yong`in-qutqaruvchilar tomonidan soat 00-45da o`chirildi.
Sodir bo`lgan yong`in natijasida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo`lish holatlariga yo`l qo`yilmagan.
Hozirda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.






