AsosiySport

Oksana Chusovitina faoliyatini medal bilan yakunlash uchun Osiyo o`yinlariga tayyorgarlikni boshladi

'Oksana Chusovitina faoliyatini medal bilan yakunlash uchun Osiyo o`yinlariga tayyorgarlikni boshladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda sport gimnastikasi bo`yicha jahon rekordchisi, afsonaviy sportchi Oksana Chusovitinani yana katta sportga qaytayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

-Men katta sportdagi faoliyatimni medalsiz yakunlamaslikka qaror qildim. Shu bois, 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida o`tkaziladigan yozgi Osiyo o`yinlariga tayyorgarlik mashg`ulotlarimni boshladim. O`ylaymanki, muxlislarim meni qo`llab-quvvatlaydi. Bu bilan yoshlarning yo`liga to`g`anoq bo`lmoqchimasman. Aksincha, ularga shijoat bag`ishlamoqchiman, - deya ta`kidlagan Olympic.uz saytiga bergan intervyusida Chusovitina.

Eslatib o`tamiz, XIX yozgi Osiyo o`yinlari 2022 yilning 10-25 sentyabr kunlari Xitoyning  Xanchjou shahrida bo`lib o`tadi.

 

    Boshqa yangiliklar