AsosiyJamiyat

Toshkent- Samarqand- Toshkent yo`nalishida “Afrosiyob” poezdining qo`shimcha qatnovi yo`lga qo`yiladi

'Toshkent- Samarqand- Toshkent yo`nalishida “Afrosiyob” poezdining qo`shimcha qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Oktyabr oyining birinchi shanba va yakshanba kunlari Samarqand shahriga sayohatga boruvchi yurtdoshlarimizga qo`shimcha qulaylik hamda ko`proq transport xizmatlarini ko`rsatish maqsadida 2-3 oktyabr kunlari “Toshkent-Samarqand-Toshkent” yo`nalishida 768/767 sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlarining qo`shimcha qatnovi yo`lga qo`yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Harakat jadvaliga ko`ra 768-sonli qo`shimcha “Afrosiyob” zamonaviy poezdi Toshkent markaziy vokzalidan 2021 yil 2-3 oktyabr kunlari soat 07:07 da, 767 sonli qo`shimcha “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa shu kunlari Samarqand temir yo`l vokzalidan soat 18:20 da harakatlanadi.

Izoh:Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar