Gurbanguli Berdimuhammedov 4-5 oktyabr kunlari O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi ma`lum qildi.
Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, hozirda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari tashrifga tayyorgarlik ko`rmoqda. Unda muhim tadbirlar, xususan, o`zbek-turkman iqtisodiy forumi o`tkazish rejalashtirilgan.
Berdimuhammedov ikki tomonlama munosabatlarni yuqori baholadi. Turkmaniston davlat axborot agentligining qo`shimcha qilishicha, sentyabr oyida Dashoguz va Lebap viloyati delegasiyalari Xorazm va Buxoroga ishchi tashrif bilan kelgan. Bu ikki davlat viloyatlari o`rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko`tarishga xizmat qiladi.
Shuningdek, Turkmaniston Prezidenti O`zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni yanada kuchaytirishga qaratilgan farmon imzolagan. Unga ko`ra, 2022-2026 yillarda Ashxobod O`zbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq xo`jaligi preparatlarini sotib oladi. Bundan tashqari 2022-2023 yillarda qishloq xo`jaligi texnikalari va priseplar xarid qilish rejalashtirilgan.






