Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida IIB xodimi vafot etdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 1 oktyabr kuni soat 09:40 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani hududidan o‘tgan 4R-90 "Qarshi-Beshkent-Kasbi-Pomuq" avtomobil yo‘lining 10-kilometrida fuqaro, 2003 yilda tug‘ilgan (haydovchilik guvohnomasiga ega emas) D.X. boshqaruvida bo‘lgan "Cobalt" rusumli hamda haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvida bo‘lgan "Vaz-2107" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv natijasida, "Vaz-2107" rusumli avtomobil haydovchisi D.T. tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 1996 yilda tug‘ilgan Sh.H. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun: «Jiguli» haydovchisi, Qarshi tumani IIB HPB Tahlil va muvofiqlashtirish guruhi katta inspektori, katta leytenant Tirkashev Dilshodbek Avaz o‘g‘li bo‘lgan.






