AsosiyDunyo

"Miss Rossiya migrantlar federasiyasi" ​​​​​​​go`zallik tanlovida ikki nafar o`zbekistonlik qiz finalga chiqdi

'"Miss Rossiya migrantlar federasiyasi" ​​​​​​​go`zallik tanlovida ikki nafar o`zbekistonlik qiz finalga chiqdi'ning rasmi

"Miss Rossiya migrantlar federasiyasi" go`zallik tanlovining yarim final bosqichida ochiq ovoz berish jarayoni nihoyasiga etdi, deya yozmoqda "Zamon"

Olingan ovozlar soni bo`yicha ikki nafar o`zbekistonlik qiz  finalga chiqdi. Ular 2 mingdan ortiq ovoz yig`di. Ulardan biri 23 yoshli Kamola Abdildaeva — RUDN  universiteti talabasi. Ikkinchi o`zbekistonlik ishtirokchi  — 25 yoshli urganchlik Rushana Karimova.

Tanlovda hozirda Rossiyada bo`lgan voyaga etgan migrant qizlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning yarim finalida jami 7 nafar o`zbekistonlik qiz ishtirok etdi. Tojikiston, Qirg`iziston, Ukraina, Turkmaniston, Qozog`iston va Senegal go`zallari ularga raqib bo`ldi.

Ma`lumot uchun, "Miss FMR" finali 9 oktyabr kuni Moskvada bo`lib o`tadi.

Tanlovda uch nafar finalchi "Miss FMR", "Vise-miss FMR" va "Tomoshabinlar e`tirofi" nominasiyasi bo`yicha mukofot oladi.  

Migrant ayollar o`rtasida  o`tkaziladigan go`zallik tanlovi bu yil  ikkinchi marta o`tkazilmoqda. O`tgan yili tojikistonlik Fotima Kaladorova g`olib bo`lgandi, "Vise-miss" nominasiyasi g`olibligini Rossiyaning Tuva respublikasidan Diana Badirgi qo`lga kiritdi, “Tomoshabinlar e`tirofi” esa qirg`izistonlik Kamila Polotbekovaga nasib qilgandi.

    Boshqa yangiliklar