SSV Matbuot xizmati koronavirusga qarshi vaksinasiyaning yarim yilligini tahlil qilishda davom etmoqda.
Ma`lumki, ayni paytda yurtimizda 5 turdagi vaksinadan emlash jarayonlarida foydalanilmoqda.
Yarim yil davomida jami 20 781 994 doza vaksina qo`llanilgan bo`lsa, shundan 78 foizi ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidir.
Jami qo`llanilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi 16 120 621 dozaga etgan.
Shu paytga qadar O`zbekistonga 20 499 668 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirilgan. Shuningdek, ushbu vaksinani yurtimizda ishlab chiqarish ham yo`lga qo`yildi.
Eslatib o`tamiz, kuni kecha “Jurabek Laboratories” qo`shma korxonasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 458 820 dozasini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vakillariga topshirdi.
Ayni paytda 2,6 million nafardan ortiq yurtdoshimiz o`zbek-xitoy vaksinasi bilan to`liq emlangan.






