Bugun, 2 oktyabr kuni soat 15:30 da Surxondaryo viloyati Jarqo`rg`on tumanida joylashgan “Jarqo`rg`on Sarbon-Broker MChJ”ga qarashli siqilgan gaz to`ldirish shaxobchasida “Lasetti-2” rusumli avtomobiliga gaz to`ldirish jarayonida gaz ballonining yorilishi yuzaga keldi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q, yong`in sodir bo`lmagan, yong`in qutqauv ekipajlari chaqirilmagan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, gaz ballonining yorilishiga avtomobilga o`zboshimchalik bilan o`rnatilgan (ECEK 110 Sh 72 kg skotchli) gaz ballonining yuqori bosim ostida texnik deformasiyasi sabab bo`lgan deb taxmin qilinmoqda.
Voqea joyiga FVB, IIB, Prokuratura va boshqa tegishli idoralarning mutaxasisslari chiqishgan.






