AsosiyJamiyat

Chirchiqda vafot etgan qarindoshining uyini tozalayotgan fuqaro 16 kalibrli qurollarni topib oldi

'Chirchiqda vafot etgan qarindoshining uyini tozalayotgan fuqaro 16 kalibrli qurollarni topib oldi'ning rasmi

IIBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, joriy yilning 21-sentyabr kuni O`rta Chirchiq tumani “Tuyabo`g`iz” MFYda yashovchi 1976-yilda tug`ilgan, fuqaro S.Axmedov Toshkent viloyati IIBBga ariza bilan murojaat qiladi.

Unda 2012 yilda vafot etgan qarindoshining uyini tozalayotgan vaqtida buyumlar orasidan 1960-yilda ishlab chiqarilgan 2 dona “Toz-BUM” rusumli, 16 kalibrli, 2 stvolli ov qurollarini matoga o`ralgan holda topib olganini va qurolga tegishli hech qanday hujjatlarni topilmagani uchun o`z ixtiyori bilan IIOga topshirishini ma`lum qilgan.

Ushbu qurollar shu kunning o`zida tuman IIB xodimlari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilib olinadi.

IIBB  qurol, o`q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish – BHMning 50 baravarigacha miqdorda jarimadan tortib, to 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishga sabab bo`lishini eslatmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar