AsosiySport

Yosh og`ir atletikachilar jahon chempionatida ishtirok etish uchun Saudiyaga ketishdi

'Yosh og`ir atletikachilar jahon chempionatida ishtirok etish uchun  Saudiyaga ketishdi'ning rasmi

5-12 oktyabr kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida og`ir atletika bo`yicha o`smirlar o`rtasida jahon chempionati bo`lib o`tadi. Musobaqada ishtirok etadigan jamoamiz bugun Saudiyaga jo`nab ketishdi.

Jamoamiz musobaqada 9 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Ushbu musobaqa yoshlarimiz uchun Parij-2024 Olimpiya o`yinlariga tayyorgarlik uchun kuchli zaxira sportchilarini saralash yo`lida muhim ahamiyatga ega. Jamoamiz tarkibi:

O`g`il bolalar:
Ashrafxon Abdujamilov
Husinboy Matrasulov
Qudratbek Salimjonov
Diyorbek Ermatov
Qurbonmurod Namozov

Qizlar:
Ozoda Hojieva
Sevinch Komilova
Nigora Suvonova
Madina Jo`raeva

Murabbiylar: Nurillo Tog`aev, Jo`ra Zoirov.

O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi bo`lajak dunyo birinchiligida yosh og`ir atletikachilarimizga chempion akalariga munosib izdosh bo`lishlarini va ulkan g`alabalar qo`lga kiritishlarini tilaydi.

    Boshqa yangiliklar