Samarqand viloyati Qo`shrabod tumani IIB navbatchilik qismiga Zarkent qo`rg`onida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o`zining Nexia rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matubot xizmati xabar bermoqda.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini uyi oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma`lum bo`lgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Gujumsoy mahallasi hududidan texnik soz holda topildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs shu tumanda yashovchi 16 yoshli fuqaro bo`lib chiqdi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.