Buxoro viloyati hokimining farmoyishiga binoan, 5 ta tuman hokimiga hayfsan intizomiy jazosi berildi, 2 ta tuman hokimi esa ish haqining 20 foiz miqdorida jarima to`laydigan bo`ldi.
Qayd etilishicha, ular fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashdagi sustkashligi uchun jazolangan.
Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda. Farmoyishga ko`ra, viloyat hokimi o`rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlarining fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan. Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashga e`tiborsizlik bilan qaragani uchun quyidagilarga hayfsan intizomiy jazosi qo`llangan:
Qorovulbozor tumani hokimi;
Vobkent tumani hokimi;
Kogon tumani hokimi;
Peshku tumani hokimi;
Buxoro tumani hokimi.
Bundan tashqari, Jondor tumani hokimi va Shofirkon tumani hokimiga oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarima qo`llanilgan.
Buxoro shahri hokimi esa ogohlantirirsh olgan.






