AsosiyJamiyat

Oliy sud Toshkentdagi teraktlarda ayblangan sobiq bojxona xodimlarining ishini qayta ko`rishni boshladi

'Oliy sud Toshkentdagi teraktlarda ayblangan sobiq bojxona xodimlarining ishini qayta ko`rishni boshladi'ning rasmi

 Oliy sud 1999 yil 16 fevralda Toshkentda sodir etilgan teraktlarda ayblangan sobiq bojxona xodimlarining ishini ko`rishni boshladi.

 Bu haqda Zamon.uz nashri xabar bermoqda.

 Ma`lumotlarga ko`ra,  bir necha sobiq bojxona xodimi 2021 yilda oqlangan. Biroq Toshkent viloyati prokurori oqlov hukmi ustidan shikoyat qilganidan so`ng, ish qayta ko`rib chiqishga yuborilgan. 

30 sentyabrda Oliy sudning jinoyat ishlari bo`yicha sudyalar kollegiyasi ishni apellyasiya tartibida ko`rib chiqishni boshlagan. Prokuror Toshkent viloyati prokurorining protestini qo`llab-quvvatlashini bildirgan va sobiq bojxona xodimlarining oqlanishini bekor qilishni va ishni apellyasiya tartibida ko`rib chiqishni so`ragan. 

Shu bilan birga, sudlanuvchilarning advokatlari sudga ayblanuvchining aybsizligini va prokuror protestida keltirilgan dalillar aybni tan olish uchun asos bo`la olmasligini e`lon qilishgan.

 Sudlanuvchilar suddan 2021 yil 24 iyulda Toshkent viloyati sudining apellyasiya instansiyasi tomonidan chiqarilgan oqlov qarorini kuchda qoldirishni va protestni qondirishni rad etishni so`rashagan.

  Ma`lumot o`rnida aytilishicha, Sud tanaffus e`lon qildi, ish bo`yicha keyingi sud majlisi 2021 yil 7 oktyabrda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar