Kobulda terakt sodir bo`ldi.
Bu haqda «Agence France-Presse»ga tayanib Zamon.ux xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash shahardagi masjidlardan birida sodir etilgan. Oqibatda bir necha kishi halok bo`lgan va yaralangan.
Jabrlanganlar soni haqida aniq ma`lumot yo`q. Hodisani “Tolibon” rasmiy vakili Zabihullo Mujohid tasdiqlagan “Kabul News” telekanali ma`lumotlariga ko`ra, terakt Iydgoh masjidida sodir etilgan.
Kanal bu erda Zabihullo Mujohidning onasi dafn marosimi o`tkazilayotganini ta`kidlagan.
Katta ehtimol bilan portlash IShID tomonidan sodir etilgan. Mahalliy manbalarda otishma davom etayotgani aytilmoqda.






