Yunusobodda ikki mashina to`qnashib ketdi.
Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 3-oktyabr kuni Yunusobod tumani Yangishahar ko`chasida ikkita transport vositalari: Spark va Neksiya 2 avtomobillari o`rtasida to`qnashuv ro`y bergan. "Hozirda YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda",-deyiladi xabarda.
Ma`lumotga asosan, to`qnashuv natijasida ikkala haydovchilar ham badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazilgan.






