Xalqaro Paralimpiya qo`mitasi prezidenti Endryu Parsons yurtimizga tashrif buyurdi.
Martabali mehmon tashrif davomida ko`hna va navqiron Samarqand shahrida ham bo`ldi.Janob Parsons "sharq gavhari" deya ta`riflanadigan Samarqand shahridagi ko`plab tarixiy obidalar, jumladan Registon ansambli, Ulug`bek rasadxonasini borib ko`rdi.

Bundan tashqari, Xalqaro Paralimpiya qo`mitasi prezidenti milliy xunarmandchilik na`munalari va xalq amaliy san`ati bilan yaqindan tanishdi. U bunday mehmondo`stlikdan juda ham mamnunligini bildirar ekan, O`zbekistonning turizm salohiyati naqadar yuqori ekanini alohida e`tirof etdi.
Shu tariqa Endryu Parsonsning yurtimizga tashrifi o`z yakuniga etdi.





