Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, sement importi 555 ming tonnaga oshgan.
2021 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan O`zbekistonga qiymati 95,8 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 1,9 mln. tonna sement import qilingan.
Qayd etilishicha, bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 555 ming tonnaga ko`p.
2021 yilning 8 oyida O`zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog`iston – 898 ming tonna;
- Qirg`iz R. – 496 ming tonna;
- Tojikiston – 471 ming tonna;
- Eron – 47 ming tonna;
- Turkmaniston – 26 ming tonnani tashkil etgan.
Shuningdek, 8 oyda qariyb 8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan.






