AsosiyJamiyat

O`zbekistonda avtomobillarga gaz balloni o`rnatish taqiqlandimi?

So`nggi paytlarda haydovchilar orasida 2016 yil 1 iyundan kompozit (kapron) ballon o`rnatilgan avtotransportlarga gaz to`ldirish to`xtatilishi haqida mish-mishlar paydo bo`ldi. Mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga murojaat qildik.

Xolmatjon SAYDALIEV, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig`i:

—Ha, to`g`ri. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Siqilgan tabiiy, suyultirilgan neft gazlarida yoki dizel va gazsimon yoqilg`i aralashmasida ishlaydigan avtotransport vositalari to`g`risida”gi umumiy reglamentning 48-bandida O`zbekiston Respublikasida SPG-2, SPG-3 va SPG-4 turdagi ballonlarni avtotransport vositalariga o`rnatilishiga yo`l qo`yilmasligi belgilab qo`yildi. Mazkur qaror 2016 yilning 11 may kunidan kuchga kiradi.

Boshqa yangiliklar