AsosiyJamiyat

Uch oyda 675 nafar yaqin qarindoshlar bir-biri bilan turmush qurishgan

'Uch oyda 675 nafar  yaqin qarindoshlar bir-biri bilan turmush qurishgan'ning rasmi

Joriy yilning iyul-sentyabr oylarida FHDYo organlari tomonidan qarindosh bo`lgan 675 nafar kelin-kuyovning nikohlari qayd qilindi.  

Shundan, 285 nafar kelin-kuyov bir-biriga nisbatan xolavachcha, 172 nafari tog`avachcha, 114 nafari amakivachcha va 104 nafari ammavachcha hisoblanadi.

Eng ko`p qarindoshlar o`rtasida nikoh qayd qilingan hududlar Surxondaryo (268 ta), Qashqadaryo (179 ta) va Sirdaryo (40 ta) viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.

️Eslatib o`tamiz, Oila kodeksining 16-moddasiga asosan nasl-nasab shajarasi bo`yicha to`g`ri tutashgan qarindoshlar o`rtasida, tug`ishgan va o`gay aka-ukalar bilan opa-singillar o`rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o`rtasida nikoh tuzish taqiqlanadi.

️Mutaxassislar fikricha, yaqin qarindoshlar o`rtasida nikoh yurak-qon tomir kasalliklarining tug`ma turlarining kelib chiqishiga sabab bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar