Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, sog`liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish maqsadida kelgusi 3 yilda yurtimizda 315 ta oilaviy shifokor punkti va 85 ta oilaviy poliklinika faoliyati yo`lga qo`yiladi.
Birgina, joriy yilning o`zida 100 ta oilaviy shifokor punkti, 17 ta qishloqda oilaviy poliklinika hamda 7 ta shaharda oilaviy poliklinika tashkil etish rejalashtirilgan.
Ta`kidlash lozimki, 2021 yilning o`tgan to`qqiz oyi davomida yurtimizda 82 ta oilaviy shifokor punkti va 19 ta oilaviy poliklinika tashkil etildi.
Jumladan,
- Qorqalpog`iston Respublikasida 4 ta oilaviy shifokor punkti;
- Andijonda 5 ta oilaviy shifokor punkti, 3 ta oilaviy poliklinika;
- Buxoroda 1 ta oilaviy shifokor punkti, 1 ta oilaviy poliklinika;
- Jizzaxda 6 ta oilaviy shifokor punkti;
- Qashqadaryoda 8 ta oilaviy shifokor punkti va 1 ta oilaviy poliklinika;
- Navoiyda 8 ta oilaviy shifokor punkti, 1 ta oilaviy poliklinika;
- Namanganda 9 ta oilaviy shifokor punkti, 1 ta oilaviy poliklinika;
- Sirdaryoda 7 ta oilaviy shifokor punkti;
- Samarqandda 6 ta oilaviy shifokor punkti va 4 ta oilaviy poliklinika;
- Surxondaryoda 8 ta oilaviy shifokor punkti;
- Toshkent viloyatida 5 ta oilaviy shifokor punkti, 3 ta oilaviy poliklinika;
- Farg`onada 10 ta oilaviy shifokor punkti, 4 ta oilaviy poliklinika;
- Xorazmda 5 ta oilaviy shifokor punkti, 1 ta oilaviy poliklinika faoliyati yo`lga qo`yildi.
Eslatib o`tamiz, Prezidentimizning tegishli farmoniga ko`ra, joriy yil 1 yanvardan boshlab, umumiy amaliyot shifokori mutaxassisi oilaviy shifokor, qishloq vrachlik punkti oilaviy shifokor punkti, qishloq va shahar oilaviy poliklinikasi esa oilaviy poliklinika deb qayta nomlandi.
Shuningdek, terapiya, pediatriya, akusherlik va patronaj bo`yicha tibbiyot brigadalari tashkil etildi.