AsosiySiyosat

O`zbekistonning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Eron elchisi bilan uchrashdi

'O`zbekistonning Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Eron elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yil 4 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Eron Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Hamid Nayirobodiy bilan uchrashdi.

Muloqotda tomonlar ikki mamlakatning Afg`oniston yo`nalishidagi hamkorligini kengaytirishga qaratilgan sa`y-harakatlar, shuningdek, Afg`onistondagi vaziyatni muhokama qildi.

Eron Elchisi O`zbekistonning Afg`onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o`rnatishda faol ishtirokini alohida ta`kidladi.

Shuningdek, tomonlar afg`on xalqiga insonparvarlik yordam ko`rsatish va Afg`onistonga iqtisodiy ko`mak berish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

    Boshqa yangiliklar