Planshet moslamasi yordamida 2017 yildan buyon qidiruvda bo`lgan fuqaro aniqlandi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 3 oktyabr kuni soat 09:00 larda, Toshkent shahar, Bektemir tumani, TXAY ko`chasida joylashgan "Qo`yliq dehqon bozori" ro`parasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi S.Ahmedov tomonidan piyoda, 1982 yilda tug`ilgan, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Ellikqal`a tumanida yashovchi B.A.ning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida maxsus dastur orqali tekshirilganda, fuqaro B.A. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2017 yil yanvar oyidan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro B.A. Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.






