AsosiyJamiyat

Oliy Majlis Senati Raisi AQSh Kongressi vakillari bilan uchrashdi

'Oliy Majlis Senati Raisi AQSh Kongressi vakillari bilan uchrashdi'ning rasmi

4 oktyabr kuni Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbaevaning AQSh Kongressi vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Muloqotda so`nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarilgani ta`kidlandi.

Kongress vakillarining qayd etishicha, O`zbekiston-AQSh munosabatlarining hozirgi darajasi tarixiy rivojlanish bosqichida turibdi va "Strategik hamkorlikning yangi davri" sifatida ta`riflanmoqda. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va AQSh Kongressi o`rtasida yaqin muloqot yo`lga qo`yilgan.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni, shu jumladan, parlamentlararo guruhlar darajasidagi hamkorlikni mustahkamlash, O`zbekiston va AQSh o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yo`llari hamda ikki mamlakat parlamenti vakillarining o`zaro tashriflarini ko`paytirish masalalari muhokama qilindi.

AQSh Kongresi vakillari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga, jumladan, majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashish va diniy erkinlikni ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan o`zgarishlarga yuqori baho berdi.

Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, savdo-iqtisodiy hamkorlik va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, jamiyatda xotin-qizlar rolini mustahkamlash, gender tenglikni ta`minlash masalalari ham ko`rib chiqildi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning boshqa masalalarini ham muhokama qildilar.

    Boshqa yangiliklar