Hukumat qarori bilan Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensasiya qilish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi
Nizomga ko`ra, eksport qiluvchiga kompensasiya taqdim etilishi uchun:
➖ eksport qiluvchi O`zbekistonda davlat ro`yxatiga olingan;
➖ mahsulotlar O`zbekistonda ishlab chiqarilgan;
➖ mahsulotlar O`zbekiston bilan chegaradosh bo`lmagan davlatlarga eksport qilingan (Afg`onistonga eksport qilingan va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
➖ mahsulotlar eksport rejimiga joylashtirilgan (5000 AQSh dollarigacha mahsulotlarning pochta jo`natmalari orqali eksporti mustasno);
➖ eksport shartnomasida mahsulotlarni etkazib berish bo`yicha transport xarajatlari eksport qiluvchi zimmasiga yuklangan va to`lovlar eksport qiluvchi tomonidan amalga oshirilgan bo`lishi kerak.
Ariza va tegishli hujjatlar Eksportni rag`batlantirish agentligiga bevosita, pochta orqali yoki elektron shaklda, agentlik veb-sayti orqali taqdim etiladi.
Eksport qiluvchi arizasi bo`yicha kompensasiya berish yuzasidan qaror (xulosa) vakolatli organ tomonidan qabul qilinadi. Bunda arizani ko`rib chiqish uchun to`lov undirilmaydi.
Quyidagilar kompensasiya to`lashni rad etishga asos bo`ladi:
- hujjatlarning belgilangan talablarga nomuvofiqligi;
- hujjatlarda noto`g`ri, ishonchsiz ma`lumotlar mavjudligi yoki ma`lumotlarni buzib ko`rsatish;
- joriy yil uchun ajratilgan subsidiya tugaganida.
Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining 50 foizgacha qismi qoplab berilishi mumkin.






