Ayni kunlarda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasining Samarqand veterinariya medisina instituti Nukus filialida tashkil etilgan veterinariya klinikasida tajribalar o`tkazilmoqda. Bu haqda qo`mita axborot xizmati xabar berdi.
Veterinariya mutaxassislari va filial talabalari tomonidan uy hayvonlarini jarrohlik usulida davolash bo`yicha amaliy tajribalar olib borilyapti.