Samarqand viloyati Samarqand shahrida joriy yilning 4 oktyabr kuni soat 14:30 da Samarqand shahridagi Bog`dod ko`chasida joylashgan 27-sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti oshxonasining tom qismida yong`in ro`y bergani haqida xabar bergan edik.
Maktabgacha ta`lim vazirligi holat bo`yicha rasmiy ma`lumot berdi. Unga ko`ra, yong`in kelib chiqishi sababi, binoning tom qismidan o`tgan elektr tarmog`ida qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo`lgan, voqea joyiga 3 ta yong`in-qutqaruv guruhi etib borib, yong`in bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida, faqat oshxonasi tom qismining 25 kv.m. maydoni yong`indan zarar ko`rgan. Binoning ichki qismiga zarar etmagan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q, tashkilotning barcha tarbiyalanuvchilari va pedagog-xodimlari binodan o`z vaqtida evakuasiya qilingan.
Moddiy zarar miqdori 25-30 mln so`mni tashkil etmoqda.