Toshkent viloyati hokimligining ma`lumotiga ko`ra, yangi ochilgan majmuada mashg`ulotlar uchun tabiiy va sun`iy futbol maydonlari, fitnes mashg`ulotlari uchun mo`ljallangan inshootlar faoliyati yo`lga qo`yilgan.
Muassasada o`quv-mashg`ulot jarayonlari "Real Madrid" futbol klubi an`analariga mos ravishda olib boriladi.
Akademiyaning ochilish marosimida afsonaviy "Real Madrid" futbol klubining sobiq futbolchisi Alvaro Arbeloa ishtirok etgan hamda akademiyaga qabul qilingan yosh futbolchilar bilan o`z tajribalarini o`rtoqlashgan.






