Katta yoshli erkak voyaga etmagan bolani urayotgani tasvirlangan video lavha avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo`lgandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudining ochiq sud majlisida, sudya Ja`far Kurbanov raisligida 35 yoshli erkakka nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.
Ma`lum bo`lishicha, katta yoshli fuqaro 2021 yil 22 avgust kuni soat 14:20 larda voyaga etmagan qo`shnisiga qo`l ko`taradi. Bunga esa voyaga etmagan qo`shnisi uning o`g`lini urganini sabab qilib ko`rsatadi. Mazkur holatdan jaxli chiqqan fuqaro jabrlanuvchiga qasddan bosh va yuz qismiga tan jarohati etkazganligi aniqlandi.
Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko`ra, voyaga etmagan bolaga sog`lig`ini qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan engil tan jaroxati etganligi haqida xulosa bergan.
Sudda sudlanuvchierkak Jinoyat kodeksi109-moddasining2-qismi bilan aybli deb topildi. Jinoyat kodeksi 109-moddasining 2-qismi bilan oylik ish haqining 10 foizini davlat daromadiga ushlab qolish sharti bilan 1 yilu 6 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.
Jinoyat kodeksining 62-moddasi tartibida, uning 2021 yil 24 avgust kunidan 28 sentyabr kuniga qadar dastlabki qamoqda saqlangan 1 oyu 4 kunini har bir kunini tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosining uch kuniga tenglashtirib, tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosidan chegirib tashlab, unga uzil-kesil o`tash uchun ish haqining 10 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1 yilu 2 oy 18 kun axloq tuzatish ishlari jazosi qoldirildi.
Hukmdan norozi taraf hukm e`lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab, yigirma sutka ichida Toshkent shahar sudiga apellyasiya tartibida shikoyat berishi yoki prokuror protest bildirishga haqli ekani bildirildi.






