Sh.Mirziyoevning BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (UNESCAP) “Quruqlik portlari” to`g`risidagi hukumatlararo bitimiga qo`shilishga oid qarori qabul qilindi.
Shartnomaning asosiy maqsadi – Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transport tashuvlarini uyg`unlashtirish va engillashtirish uchun xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan logistika markazlarini (quruqlik portlarini) qurish va ishlatish bo`yicha ko`rsatmalarni ishlab chiqish.
Xalqaro shartnomani amalga oshirish bo`yicha O`zbekiston nomidan Transport vazirligi mas`ul vakolatli organ etib belgilandi.
Aytilishicha, shartnomaga qo`shilishdan O`zbekistonning logistika markazlarini (quruqlik portlarini) xalqaro ahamiyatga ega ob`ektlar sifatida qabul qilish va ro`yxatga kiritish kutilmoqda.






