AsosiySiyosat

Turkmaniston bilan viza tizimi soddalashtiriladi

'Turkmaniston bilan viza tizimi soddalashtiriladi'ning rasmi

Xabaringiz bor, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan O`zbekistonga kelgan edi. Tashrif davomida O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlar almashinuv marosimi bo`lib o`tdi.

Xususan, Viza jarayonlarini soddalashtirish to`g`risida Bitim, Fuqarolarning o`zaro qatnovlari to`g`risida Bayonnoma, ikki davlatning adliya vazirliklari va fan akademiyalari o`rtasida Memorandum imzolandi:

2024-yilgacha madaniy-gumanitar sohada hamkorlik Dasturi;

Chegaraoldi savdo markazi hamda tovar ayirboshlash hajmini oshirish to`g`risida Bitimlar, investisiyaviy hamkorlik va o`zaro tovar etkazib berish to`g`risidagi hamda Metrologiya sohasidagi Memorandum;

Statistika va bandlik sohasidagi Memorandum;

Tranzit tashuvlar sohasida va temir yo`l administrasiyalari o`rtasida hamkorlikni kengaytirish to`g`risida Memorandum;

Axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik to`g`risida Memorandum, Gurlan-Toshhovuz o`tkazish punktlarini ishga tushirish bo`yicha Bayonnoma;

Bojxona ma`lumotlarini almashish to`g`risida Bayonnoma;

Shuningdek, Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov Qo`shma bayonotni ham imzolashdi.

    Boshqa yangiliklar