AsosiyJamiyat

Turkmanistonda “UzAuto Motors” avtomobillarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi

'Turkmanistonda  “UzAuto Motors” avtomobillarini ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

4 oktyabr kuni bo`lib o`tgan o`zbek—turkman forumi doirasida «O`zavtosanoat» AJ va «Turkmenistan-Motors» AJ Turkmaniston hududida avtomobil, qishloq xo`jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida memorandum imzoladi.

Memorandum doirasida tomonlar ikki mamlakat o`rtasida sanoat hamkorligini rivojlantirishni maqsad qilgan.

Memorandum imzolash marosimida «O`zavtosanoat» AJ boshqaruv raisi Shavkat Umrzoqov va «Turkmeniston-Motors» AJ boshqaruv raisi Furqat Aydashev ishtirok etdi.

Ushbu memorandum doirasida «Turkmeniston-Motors» AJ ishlab chiqarish ob`ektlarida UzAuto Motors avtomobillarini ishlab chiqarish bo`yicha shartnoma tuzish rejalashtirilgan. Bu yo`nalishdagi hamkorlik Turkmanistonda avtomobil komponentlari ishlab chiqarishni va eksport bozorlariga sotishni tashkil qilishni ham nazarda tutadi.

Bundan tashqari, «O`zavtosanoat» tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan boshqa transport vositalari (pikaplar, yuk mashinalar va avtobuslar), qishloq xo`jaligi va tirkama uskunalarini ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish to`g`risida kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar