AsosiyDunyo

Bu yilgi fizika bo`yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e`lon qilindi

'Bu yilgi fizika bo`yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e`lon qilindi'ning rasmi

Shvesiya Qirollik akademiyasi Nobel qo`mitasi Syukuro Manabe, Klaus Xasselman va Jorjo Parizini fizikada murakkab tizimlarni o`rganishdagi novatorlik ishi uchun taqdirladi.

Klaus Xasselman va Syukuro Manabe "Er iqlimini fizik modellashtirish, o`zgarishlarning miqdoriy tahlili va global isishning ishonchli prognozi"ni ishlab chiqqan. Jorjio Parizi esa "Xaos va tebranishlar fizik tizimlarda — atomdan sayyoragacha bo`lgan miqyosda qanday o`zaro ta`sir qilishi"ni aniqlagan.

Syukuro Manabe maxshur klimatolog. Kompyuter paydo bo`lgandan beri iqlim o`zgarishlarini moddelashtirish bilan shug`ullanadi. Uni bu yo`nalishning otasi desa ham bo`ladi. Klaus Xasselman ham shu sohada nom chiqargan klimatolog. 

Djordjo Parizi esa, fizik nazariyotchi. Kvant maydon nazariyasi, kvant mexanikasi va murakkab tizimlar ustida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar