AsosiyJamiyat

Fuqarolar qabulida Ombudsmanga qanday murojaatlar kelib tushmoqda?

'Fuqarolar qabulida Ombudsmanga qanday murojaatlar kelib tushmoqda?'ning rasmi

Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) mutaxassislari tomonidan belgilangan jadval asosida har dushanba – juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha va 15:00 dan 17:00 gacha fuqarolar qabuli o`tkazilmoqda.

Joriy yilning 30 sentyabr kuni ham Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabulini o`tkazdi.  

100 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etgan qabul davomida sud-huquq, uy-joy, bandlik, ijtimoiy yordam, aliment, kredit va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushib, nazoratga olingan. Ba`zi murojaatlar bo`yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan. Bu haqda Ombudsman axborot xizmati ma`lum qildi. 

Qayd etilishicha, qabul davomida namanganlik murojaatchi, uch yil davomida turmush o`rtog`i va kelini tomonidan bosim o`tkazilgani, janjal chiqarib yosh bolasi bilan uydan haydalgani va hozirda yashashga joyi bo`lmagani uchun vokzallarda tunab qolayotganini bildirgan. 

Ombudsman darhol  Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish respublika markazi  bilan bog`lanib, ushbu fuqaroni markazga joylashtirilishida yordam bergan.

Farg`ona viloyatidan Ombudsman qabuliga kelgan murojaatchi so`lariga ko`ra esa birinchi guruh nogironi bo`lib, u shu kunga qadar 19 marotaba ko`z jarrohlik amaliyotini boshdan o`tkazgan. Oliy ta`lim muassasasiga o`qishga kirib, oliy ma`lumotli bo`lish istagida bo`lgan ushbu murojaatchi Toshkent davlat yuridik universitetiga o`qishga kirishga ballari etmaganini qayd etib,  Ombudsmandan nogironligi bo`lgan shaxslar uchun OTMga kirish imtiyozlaridan foydalanishda amaliy yordam berishini so`ragan.

Unga ko`ra,  2020 yilning 15 oktyabr kuni Davlat rahbari tomonidan imzolangan yangi tahrirdagi "Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida"gi Qonun bilan imkoniyati cheklanganlarning ijtimoiy himoyasi bilan bog`liq qator masalalar Qonun darajasida belgilangan. 

 Jumladan, nogironligi bo`lgan bolalarning bepul umumiy o`rta, maktabdan tashqari, o`rta maxsus va professional ta`lim olishini kafolatlash, bunda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun oliy ta`lim muassasalarida davlat granti asosida abiturientlarni qabul qilish umumiy sonining 2 foizi miqdorida qo`shimcha qabul kvotasi ajratilishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, murojaat nazoratga olinib, nogironligi bo`lgan murojaatchini oliy ta`lim bilan qamrab olinishi bo`yicha qonun doirasida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishli takliflar kiritilishi belgilab olingan.

"Qabul davomida nafaqat murojaatlar balki qonunchilikni takomillashtirish, jinoyatchilikni oldini olish choralarini kuchaytirish borasida takliflar ham bildirildi",–deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar