Joriy yilning 9-10 oktyabr kunlari Toshkentda birinchi marta sportchilar va havaskorlar o`rtasida mos ravishda Asian Sprint Triathlon Cup (sprint masofasida triatlon bo`yicha Osiyo kubogi) o`tkaziladi. Bu haqda Karimjon Zaripov musobaqa oldidan o`tkazilgan matbuot anjumanidan xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, "Asia Sprint Triathlon Cup"xalqaro standartlarga muvofiq chet ellik texnik delegat va xalqaro hakamlar ko`magida o`tkaziladi.
"Bu sport turi O`zbekistonda yangi emas. Bizda triatlon bilan 1991 yildan buyon shug`ullanishadi. Lekin asosiy e`tibor endi berilyapti. Bir so`z bilan triatlon O`zbekistonga yugirib, suzib, velosipedda uchib keldi desak adashmaymiz",- dedi Milliy olimpiya qo`mitasi raisi Rustam Shaabdurahmonov.
Ma`lumot uchun.
Triatlon bo`yicha Osiyo Kubohiga quyidagi mamlakatlardan ishtirolchilar tashrif buyuradi
Rossiya, Ukraina, Qozog`iston, Chexiya, Lyuksemburg, Yaponiya, Polsha, Slovakiya, Marokash va albatta O`zbekiston.






