AsosiyJamiyat

Muborak tumanida kompaniyaga ishga kiritib qo`yishni va`da qilib, 1000 AQSh dollari olayotgan shaxs qo`lga olindi

'Muborak tumanida kompaniyaga ishga kiritib qo`yishni va`da qilib, 1000 AQSh dollari olayotgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Muborak tumanida ishga kiritish bilan bog`liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi  Departamenti xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Muborak tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.K. tanishlari orqali fuqaro J.ni “E.” kompaniyasiga ishga kiritib qo`yish evaziga oldindan kelishilgan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro J.K. shu yo`sinda yana 2 nafar fuqaroning 2 000 AQSh dollari va 10 mln so`mini qo`lga kiritganligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar