AIBA 2021-yilgi ayollar o`rtasidagi jahon chempionati Turkiyaning Istanbul shahrida o`tkazilishini e`lon qildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi ma`lum qildi.
Musobaqa dekabr oyida bo`lib o`tadi. Bahslarning aniq sanasiga yaqin kunlar ichida aniqlik kiritiladi.
Ma`lumot uchun, ushbu jahon chempionatining mukofot jamg`armasi 2,4 million AQSh dollarini tashkil etadi. Oltin medal sohibalari 100 ming, kumush 50 ming, bronza egalari esa 25 ming dollardan mukofot puliga ega chiqishadi.
Eslatib o`tamiz, erkaklar o`rtasidagi jahon chempionati 25-oktyabr – 6-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida o`tkaziladi.






