Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Uchtepa tuman sudining 2021 yil 1 oktyabr kuni B.Ganiev, A.Kozubaev va O.Salimovga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik ishi ko`rib chiqilgan.
Sudining qaroriga ko`ra, B.Ganiev MJtKning 41-moddasi, 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan va unga:
— MJtKning 41-moddasi bilan bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida – 5.400.000 so`m jarima jazosi;
— MJtKning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida – 270.000 so`m jarima jazosi;
— MJtKning 195-moddasi 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi;
— MJtKning 34-moddasiga asosan uzil-kesil 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Huquqbuzar B.Ganievdan ma`muriy qamoqqa olinganlarni saqlash muassasasi foydasiga ma`muriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, ya`ni 40.500 so`mdan, jami 607.500 so`m pul undirilishi belgilangan.
MJtKning 183-moddasi bilan A.Kozubaevga to`plangan ma`muriy ish hujjatlari MJtK 271-moddasining 1-bandiga asosan tugatilgan.
A.Kozubaev MJtKning 194-moddasi 1-qismi va 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan va unga:
— MJtKning 194-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida – 270.000 so`m jarima jazosi;
— MJtKning 195-moddasi 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi;
— MJtKning 34-moddasiga asosan uzil-kesil 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Huquqbuzardan ma`muriy qamoqqa olinganlarni saqlash muassasasi foydasiga ma`muriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, ya`ni 40.500 so`mdan, jami 607.500 so`m pul undirilishi belgilangan.
MJtKning 183-moddasi va 194-moddasi 1-qismi bilan O.Salimovga to`plangan ma`muriy ish hujjatlari MJtK 271-moddasining 1-bandiga asosan tugatilgan.
O.Salimov MJtKning 195-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan va unga ushbu modda bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Huquqbuzardan ma`muriy qamoqqa olinganlarni saqlash muassasasi foydasiga ma`muriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, ya`ni 40.500 so`mdan, jami 607.500 so`m pul undirilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Uchtepa tuman sudining 2021 yil 1 oktyabr kunidagi qaroriga nisbatan, B.Ganievning advokati F.Tolibov tomonidan apellyasiya shikoyati keltirilgan. Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasi 2021 yil 6 oktyabr kuni B.Ganievga nisbatan jinoyat ishlari bo`yicha Uchtepa tuman sudining qarorini o`zgarishsiz qoldirdi.
B.Ganievning advokati F.Tolibov tomonidan keltirilgan apellyasiya shikoyati qanoatlantirmasdan qoldirildi.






